Ikki kun davom etgan ushbu anjumanda dunyoning 55 davlatidan 200 nafardan ortiq vazir, muftiy, olim va mutafakkirlar hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari qatnashdi.
Konferensiyada islom olamidagi ilmiy-tadqiqot markazlari, diniy idoralar vakillari va taniqli ulamolarning mavzu bo‘yicha maʼruzalari tinglangani barobarida mavjud muammolarni hamkorlikda yechish istiqbollari ham muhokama qilindi.
Anjuman yakunida butun dunyo ulamolari ijtihod va boshqa muhim masalalarda o‘zaro hamkorlikni yana-da chuqurlashtirishga kelishib olindi, shuningdek, muhokama qilingan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.