Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan Kanadaning “Altaspera” nashriyotida shoirning “Men nechun sevaman Oʻzbekistonni?” va “Jannatga yoʻl” kitoblari I-II jildda oʻzbek, qirgʻiz, rus, ingliz tillarida nashr etildi.
Shoirning muxlislari va adabiyot ixlosmandlarini ushbu quvonchli yangilik bilan muborakbod etamiz.