2022-yilning 19-martidan 4-apreliga qadar Hindistonning Xaryana shtatida har yili o'tkaziladigan 34 xalqaro “Surajkund Mela” an'anaviy hunarmandchilik festivali bo'lib o'tmoqda. Unda O'zbekiston Respublikasi "Hunarmand" uyushmasi a'zolari bo'lgan hunarmandlar  hunarmandchilik mahsulotlari  bilan ishtirok etmoqda.

Festivalda har yili Hindistonning barcha hududlari va dunyoning 50 dan ortiq davlatlaridan hunarmandlar, shuningdek, 1,5 milliondan ortiq sayyohlar va mahalliy aholi ishtirok etadi.

"Surajkund Mela" dunyodagi eng yirik hunarmandchilik festivallaridan biri bo'lib,  ushbu festival mamlakatimizning milliy hunarmandchiligi, milliy taomlari, shuningdek, xalq amaliy san'ati namunalarini namoyish etish imkonini beradi, deb yozmoqda “Hunarmand” uyushmasi matbuot xizmati.