“Cotton Campaign” xalqaro koalitsiyasi koordinatori Raluka Dumitresku Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasiga tashrif buyurdi.
Mehmon eʼtirof etilganidek, oʻzbek paxtasiga eʼlon qilingan global boykot bekor qilingach, uning tashqi bozordagi jozibadorligi ortdi.
— Yaqinda biz Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilishga qiziqayotgan 100 dan ortiq xalqaro brend va kompaniyalar bilan uchrashuv oʻtkazdik, — deydi Raluka Dumitresku. — Ularni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchisi, yurtingizda ishlab chiqarilgan yarim tayyor toʻqimachilik mahsulotlari oldi-sotdisini yoʻlga qoʻymoqchi boʻlsa, ikkinchisi esa tayyor mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olish yoki hamkorlikda ishlab chiqarishni oʻzlashtirishdan manfaatdordir.
Uchrashuvda yurtimiz klasterlarini xalqaro brendlar hamda Yevropadagi yirik toʻqimachilik korxonalarining ishlab chiqarish zanjiriga ulash masalasini atroflicha muhokama qildik.
Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari»
uyushmasi