Oʻzbekiston xalqaro reyting va indekslarda oʻsib boryapti

    Bilasizmi? 22 Yanvar 2021 43314

    Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning qator xalqaro reyting va indekslardagi ijobiy oʻsish surʼati mamlakatimizdagi keng koʻlamli islohotlardan darak beradi.

    Jumladan, 2020-yilda Ochiq maʼlumotlar reytingida Oʻzbekiston birdaniga 125 pogʻonaga koʻtarildi. Iqtisodiy erkinlik indeksidagi oʻrni sezilarli ravishda yaxshilandi (52 pogʻona yuqoriladi). Kiberxavfsizlik global indeksida ham 41 pogʻonaga koʻtarildi.

    Eʼtiborlisi, oʻtgan yili Oʻzbekiston Global innovatsiyalar indeksi va Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksiga ilk bor kiritildi, deb xabar beradi “Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati.