баннер
31 Mar 2025
18:46

    Oʻzbekiston Xalqaro volfram sanoati assotsiatsiyasiga aʼzo boʻldi

    Markaziy Osiyo davlatlari ichida Oʻzbekiston ushbu assotsiatsiyasiga aʼzo boʻlgan ilk davlat sifatida tarixga kirdi.

    Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati (OʻzTMK) jahon miqyosida yuksak eʼtirofga sazovor boʻlib, volfram sanoatidagi eng nufuzli tashkilot – Xalqaro Volfram Sanoati Assotsiatsiyasi (ITIA)ning toʻlaqonli aʼzosiga aylandi.

    Oʻzbekistonning ITIA aʼzoligiga qabul qilinishi – bu mamlakatning volfram sanoatidagi salohiyati xalqaro miqyosda tan olinganining isbotidir. OʻzTMK ushbu tashkilotga aʼzo boʻlgan holda jahon volfram sanoatining barqaror ishtirokchisiga aylandi. Xalqaro volfram sanoati assotsiatsiyasining aʼzosi boʻlish OʻzTMK uchun bozor maʼlumotlari va tahlillaridan foydalanish, statistik maʼlumotlar olish, yillik yirik xorijiy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatini beradi.

    Assotsiatsiyaning asosiy maqsadi – volframning global ishlab chiqarilishi, qayta ishlanishi va isteʼmol bozorlarini tahlil qilish, sohani raqamli va analitik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ilmiy yondashuvlar va barqaror yechimlarni ilgari surishdir. ITIA bugungi kunda Yaponiya, Germaniya, Avstriya kabi texnologik yetakchi davlatlarning yirik kompaniya va ilmiy markazlarini oʻz atrofiga birlashtirgan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech