Protokollar xususiy sektor xodimlari va sayyohlar xavfsizligini taʼminlash uchun umumiy standartlarga moslashtiradi. Oʻzbekiston ham xavfsiz sayohatlarning global protokollarini amalda tatbiq qiluvchi mamlakatlarga qoʻshildi.
Taʼkidlash joizki, WTTC kengashi dunyo boʻyicha biznes hamjamiyatining yuzdan ortiq vakillaridan iborat boʻlib, davlat organlari bilan hamkorlikda ishlagan holda soha muammolariga eʼtibor qaratadi. Uning asosiy vazifasi dunyo boʻylab moliyaviy resurslar va ish oʻrinlarining eng yirik taʼminotchisi boʻlgan turizm sohasi ahamiyatini hukumatlar oldida namoyon qilishdan iborat. Shuningdek, Kengash turizmning iqtisodiy va ijtimoiy taʼsiriga doir tadqiqotlar olib borib, turizm sohasiga oid masalalar va tadbirlar bilan bogʻliq xalqaro va mintaqaviy sammitlarni tashkil etadi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.