“Trip.com” vitse-prezidenti Edison Chen va “Alibaba Fliggy” vitse-prezidenti Li Yang bilan uchrashuvlarda Xitoy onlayn savdo bozorida Oʻzbekistonga turistik paketlar segmentini kengaytirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar muhokama etildi.
Uchrashuv ishtirokchilari Oʻzbekistonning xitoylik sayyohlar uchun jozibadorligini oshirishga yordam beradigan raqamli texnologiyalar va onlayn platformalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash muhimligini taʼkidladilar, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.