Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston xorijdan qiymati 94,3 million AQSH dollariga teng boʻlgan 1,4 million dona mobil telefon import qilgan.
Telefon importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,0 million donaga oshgan.
Oʻzbekiston 11 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan.
Oʻzbekiston mobil telefonlarni eng koʻp import qilgan davlatlar:
Xitoy – 896,4 ming dona;
Vyetnam – 257,5 ming dona;
BAA – 148,8 ming dona;
Xindiston – 48,6 ming dona;
Qozogʻiston – 45,0 ming dona;
Rossiya – 967 dona;
Koreya – 700 dona.