Unda aytilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Yamanda BMT vositachiligida ikki oylik sulh va oʻt ochishni toʻxtatish eʼlon qilinganini olqishlaydi.
Harbiy harakatlarga vaqtinchalik moratoriy, shuningdek, ushbu mamlakatda qonuniylikni taʼminlash uchun koʻrsatilgan qatʼiyat Yamanda keng qamrovli tinchlik va barqarorlikni oʻrnatish yoʻlida murosaga erishish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi deb hisoblaymiz.
Biz barcha kurashayotgan tomonlarni ixtilofni muloqot va diplomatik yoʻl bilan hal qilish uchun vazmin boʻlishga va siyosiy iroda koʻrsatishga chorlaymiz.