O‘zbekiston yanvar-avgust oylarida 500 ga yaqin yuk avtomobillarini eksport qildi

    Joriy yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 8 ta xorijiy davlatga 11,4 million dollarlik 484 yuk avtomobilini eksport qildi.

    Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, yuk avtomobillari eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 88 donaga kamaygan.

    Yuk mashinalarining asosiy eksport bozorlari Qozog‘iston (176), Qirg‘iziston (128), Tojikiston (83) va Ozarbayjon (60) hissasiga to‘g‘ri kelgan.