Tanglik darajasining yanada ortishi keng mintaqada xavfsizlikka nisbatan boʻlgan xatar va tahdidlarning misli koʻrilmagan darajada kuchayishiga va butun xalqaro hamjamiyat uchun oldindan aytib boʻlmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb hisoblaymiz.
Biz qarama-qarshi tomonlarni vazminlikka va keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlardan tiyilishga chaqiramiz.
Oʻzbekiston tomoni mojaroni xalqaro normalar va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining qarorlariga muvofiq tinch yoʻl bilan hal etish uchun shoshilinch choralar koʻrish zarurligini yana bir bor taʼkidlaydi.