Oʻzbekiston yoʻllarida sunʼiy intellektga asoslangan harakatni boshqarish tizimlari joriy etilishi mumkin

    Transport 4 Iyun 2025 757

    “ITS Asia Pacific Forum 2025” xalqaro forumi Transport vaziri oʻrinbosari Ilhomjon Abdugafarov Koreya Respublikasi Yer, infratuzilma va transport vaziri Park Sangvu hamda “Korea Expressway Corporation” Korporatsiyasi Prezidenti Xam Jingyu bilan muzokaralar oʻtkazdi.

    Qayd etilishicha, muzokaralar davomida Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasida transport va yoʻl xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, Koreyaning avtomagistrallar boshqaruvi, aqlli svetoforlar, sunʼiy intellekt asosidagi harakatni boshqarish tizimlarini Oʻzbekistonda joriy etish imkoniyatlari, shuningdek, Koreya hukumati tomonidan Oʻzbekistonda texnik yordam va mutaxassislar tayyorlash dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

    Shuningdek, muzokaralarda Koreya tomonidan Oʻzbekistonda yoʻl infratuzilmasini raqamlashtirish, jumladan, aqlli tolling, ITS sensor tizimlari, harakat monitoringi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish, “Toshkent-Andijon pullik avtomobil yoʻlini qurish” DXSH loyihasi doirasida avtomagistral loyihalarini rivojlantirishda KEC korporatsiyasi ishtirokini taʼminlash takliflari ilgari surildi.