Dyuzdo federatsiyasi maʼlumotiga koʻra, unda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi munosib ishtirok etdi.
Dunyoning 30 davlatidan kelgan 500 nafardan ortiq yosh dzyudochilar ishtirok etgan musobaqada Aselxan Aralbayeva va Umida Nigʻmatova oʻz vazn toifalarida oltin medalga sazovor boʻldi. Finalga qadar oʻtgan bellashuvlarda Dilshodbek Hamroyev (-66 kg.) kumush medal bilan taqdirlangan boʻlsa, Bunyod Safarov (-73 kg.) bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medalini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi. Birinchi oʻrinni band etgan Braziliya terma jamoasi ham biz singari 2 ta oltin medalga ega chiqdi. Biroq ular kumush medallar soni koʻpligi evaziga umumjamoa hisobida birinchi pogʻonaga joylashdi.