Oʻzbekiston Yoshlar teatri koʻzi ojiz kattalar va bolalar uchun spektakl namoyish etdi

    Madaniyat 30 Dekabr 2021 2295

    Oʻzbekiston Yoshlar teatrida tiflo izohli spektakli boʻlib oʻtdi. Koʻzi ojiz va koʻrish qobiliyati zaif kattalar va bolalar boshqa tomoshabinlar bilan birgalikda “Piter Pen” yangi yil sahna koʻrinishini tomosha qildilar.

    Vizual maʼlumotni toʻliq olish ilojsizligi — zaif koʻruvchi va koʻzi ojiz insonlarning asosiy muammosi. Ular oʻzlarining bilim olish, estetik va boshqa shaxsiy ehtiyojlarini toʻliq qondira olmaydilar. Koʻzi ojiz inson kinoteatr, muzey, suratlar galereyasi yoki teatrga tashrifdan toʻliq bahramand boʻla olmaydi. Shunga qaramay, bunday muammoni vizual tasvirlarni ogʻzaki yoki yozma tavsifi — tiflok izohlash yoki audiodeskripsiya yordamida hal qilish mumkin.

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi har yili yurtimiz koʻzi ojiz va koʻrish qobiliyati zaif kattalar va bolalar uchun turkum xayriya tiflo izohlashli spektakllarini tashkil qiladi. 2021-yilning fevral oyida ixtisoslashgan maktab-internatlari oʻquvchilar va koʻzi ojizlar jamiyatlari uchun aktrisa, oliy toifali tifloizohchi Irina Bezrukova tomonidan ovoz berilgan spektakllar turkumi tashkil qilindi. Dastur oʻz ichiga “Ilhom” teatridagi “Oltin ajdar”, Oʻzbekiston Yoshlar teatridagi “Bu men, Edit Piaf”, Oʻzbekiston Milliy qoʻgʻirchoq teatridagi “Masha buvi Boʻgʻirsoq yopdi”, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatridagi “Oqqush koʻli” baletini oldi.

    Tiflo izohli spektakllarni tashkillashtirish yangi yilda ham davom etadi. Yanvar oyida Oʻzbekiston Yoshlar teatrida “Ayoz bobo”, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida “Qarsildoqning qaytishi”, Fargʻona viloyat rus drama teatrida “Zolushka” spektakllarini qoʻyish rejalashtirilgan, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.