Bugungi kunda alohida ehtiyojli bolalarning sog'lom tengdoshlari bilan teng sharoitlarda o'qishi hamda jamiyatga ijtimoiy moslashuvini engillashtirish maqsadida hududlarda inklyuziv ta'lim markazlari tashkil etilmoqda. 

Ana shunday markazlardan yana biri Navoiy shahrida foydalanishga topshirildi. Unda har oyda 30 nafardan ortiq imkoniyati cheklangan yoshlar turli yo'nalishlarda o'qitiladi.

— Inklyuziv ta'lim markazlarida imkoniyati cheklangan bolalarning imkoniyati, individual-psixologik o'zlashtirish xususiyatlari hisobga olingan holda, sog'lom bolalar bilan birga o'qitishga alohida e'tibor qaratiladi, — deydi O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi raisi Sevdiyor Uvaytov.