Musobaqada 19 mamlakatdan 89 nafar yosh shaxmatchi qatnashdi. Oʻzbekiston terma jamoasidan 6 nafar isteʼdodli sportchi yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, jami 2 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalni qoʻlga kiritdi.
Rapid boʻyicha natijalar:
- Muhammadzohid Suyarov – 7,5 ochko bilan oltin medal sohibi;
- Muhiddin Madaminov – 7 ochko bilan kumush medal sohibi;
- Afruza Hamdamova – 6,5 ochko bilan qizlar oʻrtasida faxrli ikkinchi oʻrin egasi boʻldi.
Blis boʻyicha natijalar:
- Madaminov Muhiddin – 12 ochko bilan oltin medal va jahon chempioni;
- Suyarov Muhammadzohid – 10 ochko bilan bronza medal;
- Omonova Umida – 9,5 ochko bilan kumush medal;
- Begmuratov Humoyun – 9 ochko bilan 4-oʻrin;
- Xalilova Madinabonu – 8 ochko bilan 6-oʻrin egasi boʻldi.








