Prezidentning 2021-yil 4-martdagi tegishli farmoniga asosan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksi joriy qilindi. Mazkur indeks bunday tashkilotlar tomonidan qilingan ishlar, ijtimoiy sheriklik darajasi, ajratilgan subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtmalar natijadorligi va boshqa muhim faoliyat koʻrsatkichlariga asosan tuzilgan.
Adliya vazirligi va Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining shaffoflik standarti tasdiqlandi, shaffoflik darajasini baholash metodikasi ishlab chiqildi va 100dan ortiq respublika nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan 2021-yildagi faoliyati yuzasidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida baholandi. Unga koʻra 2021-yil boʻyicha “Eng shaffof nodavlat notijorat tashkilotlari top – 20” roʻyxatida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyumshasi ham qayd etildi.
Tashkilotimiz bundan keyin ham yanada shaffof boʻladi va adabiyot rivoji, targʻiboti yoʻlida xayrli ishlarni qilishda davom etadi.