Bu Markaziy bank tomonidan 2013-yildan beri oltin-valyuta zaxiralari boʻyicha statistik maʼlumotlarni eʼlon qilinishi boshlangan davrdagi rekord koʻrsatkichdir.

Oʻsish, asosan, oltin zahiralari qiymatining 444,2 million dollarga oshib, 21,3 milliard dollarga yetgani hisobiga sodir boʻldi. Shu bilan birga, ularning jismoniy hajmi ham 0,2 million unsiya (6,2 tonna), yani 11,1 million unsiyaga (taxminan 345,2 tonna) oshdi.

Xorijiy valyuta zaxiralari aprel oyida 331,3 million dollarga oshib, 13,5 milliard dollarga yetdi.