Davlat statistika qoʻmitasi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-may oylarida qiymati 43,4 million AQSH dollariga teng boʻlgan 27,6 ming tonna gilos eksport qilgan.

Bu 2020-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 4,3 ming tonnaga koʻp.

2021-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston eng koʻp gilos eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 13,8 ming tonna;

Rossiya – 8,6 ming tonna;

Qirgʻiz R. – 4,7 ming tonna;

Ukraina – 212,3 tonna;

Belarus – 142,2 tonna;

Polsha – 67,0 tonna.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-may oylarida 14 ta xorijiy davlatlarga gilos eksport qilgan.