Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 40 ta xorijiy davlatga qiymati 33,7 million AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 35 ming tonna uzum eksport qilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 7,4 ming tonnaga kamaygan.

Oʻtgan 7 oy mobaynida Oʻzbekiston eng koʻp uzum eksport qilgan davlatlar:

Rossiya – 8,6 ming tonna;

Qozogʻiston – 7,7 ming tonna;

Xitoy – 4,9 ming tonna;

Qirgʻiz R. – 3,0 ming tonna;

Turkiya – 2,1 ming tonna.

Maʼlumot oʻrnida, 2021-yilning 7 oyida eng koʻp uzum eksport qilgan hududlar:

Samarqand viloyati – 12,1 ming tonna;

Fargʻona viloyati – 7,7 ming tonna;

Toshkent viloyati – 3,6 ming tonna;

Namangan viloyati – 2,1 ming tonna.