13-sentabr kuni Oʻztoʻqimachiliksanoat uyushmasi tomonidan "Hilton" mehmonxonasi anjumanlar zalida 10 dan ortiq davlat kompaniyalari hamda turli ishtirokchilarni birlashtirgan ilk xalqaro toʻqimachilik konferensiyasi oʻtkazildi.
Ushbu muhim tadbirda jahonning yetkazib berish zanjiri kompaniyalari, jahon bozorlari, taniqli brendlar va boshqa asosiy manfaatdor tomonlar ishtirok etib, toʻqimachilik sanoatida mazmunli muloqot va hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha muzokaralar olib bordi.
B2B muzokaralar mahalliy tadbirkorlar uchun 10 dan ortiq davlat vakillari bilan toʻgʻridan toʻgʻri suhbat qurish imkonini beruvchi platformaga aylandi. Shu bilan birga, Xitoyning yirik mato yetkazib beruvchilari tomonidan koʻrgazma ham oʻtkazildi.
Xalqaro toʻqimachilik konferensiyasida AQSH, Yevropa, Rossiya va boshqa davlatlarning sorsing kompaniyalari, uyushmalari hamda bir qancha brendlar ishtirok etdi.