Oʻzbekistonda 10 oyda 1 million tonna benzin ishlab chiqarilgan

    Sanoat 22 Noyabr 2022 760

    Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

    Unga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida yurtimizda avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 1 mln. tonnadan oshdi.

    Benzin ishlab chiqarish hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,4 foizga oshgan.

    2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
    — Avtomobil benzini – 1 008,6 ming tonna
    — Koʻmir – 4,4 mln. tonna
    — Neft – 656,2 ming tonna
    — Gaz kondensati – 1,1 mln. tonna
    — Yengil avtomobillar – 263 488 dona
    — Avtobus – 971 dona
    — Yuk avtomobillari – 3 253 dona
    — Avtomobil dvigatellari – 189 558 dona