Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida joriy yilning 9 oyi davomida jami 670,7 mingta tugʻilish qayd etilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 9,1 foizga yoki 56 ming nafarga koʻpaygan.
Mustaqillik yillarida respublika boʻyicha tugʻilishlar soni quyidagicha:
1991-yilda – 723,4 ming;
1995-yilda – 678 ming;
2000-yilda – 527,6 ming;
2005-yilda – 533,5 ming;
2010-yilda – 634,8 ming;
2015-yilda – 734,1 ming;
2020-yilda – 841,8 ming.
Maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda Oʻzbekistonda 405466 nafar qiz bola, 436351 nafar oʻgʻil bola tugʻilgan.