Statistika agentligi uy xoʻjaliklari tanlama kuzatuvlarini olib bordi. Kuzatuv maʼlumotlariga asosan 2023-yilning yanvar-noyabr holatiga Oʻzbekistonda 16 yoshgacha bolalari mavjud boʻlgan uy xoʻjaliklari 73,9 % ni tashkil etgan.

Shundan:

— bir bolali uy xoʻjaliklar – 21,6 %

— ikki bolali uy xoʻjaliklar – 26,8 %

— uch bolali uy xoʻjaliklar – 17,8 %

— toʻrt va undan koʻp bolali uy xoʻjaliklar – 7,7 %

Kuzatuv natijalariga koʻra, 26,1 % uy xoʻjaliklarida 16 yoshgacha boʻlgan bolalar mavjud emas.