Hudud Markaziy Osiyoning qurgʻoqchil zonasiga kiradi. Mamlakatning toʻrtdan besh qismi choʻl va yarim choʻl hududlardan iborat, janubi-sharqdan va sharqdan ulkan togʻ tizmalari bilan oʻralgan.

Quyosh radiatsiyasi yuqori darajada kelishi va atmosfera sirkulatsiyasi kontinental iqlim hilini shakllantirib, havo harorati ancha oʻzgaruvchanligi bilan xarakterlanadi va yozi issiq va quruq, bahori nam, qishi oʻzgaruvchan boʻladi. Mamlakat hududi har turli havo massasi kirib kelishi uchun ochiq. Atlantik va arktik havo massalari shimoldan, shimoli-gʻarbdan va gʻarbdan keng tekisliklarga kirib keladi.

Qishda janubiy siklonlarning iliq qismida tropik havo massalari kirib kelishi natijasida harorat keskin koʻtariladi va bundan keyin esa havo (harorat) keskin pasayadi. Iyul oyida hududlar boʻyicha oʻrtacha havo harorati shimolda 26°S dan respublika janubida 30°C gacha oʻzgarib turadi, maksimal harorat 47-49°C ga yetadi. Yanvar oyining oʻrtacha havo harorati shimolda -8°C gacha va janubda 0°C gacha pasayadi, minimal harorat -38°C ga (Ustyurt platosida) yetadi.

Yoz oylarida choʻl hududlarining juda isishi kontinental tropik havoni shakllantiradi, u oʻta quruqligi bilan ajralib turadi. Yogʻingarchilik juda kam (bir yilda 80-200 mm atrofida), bunda ularning oʻzgaruvchanligi juda katta. Orol dengizi yogʻingarchilik miqdoriga deyarli taʼsir etmaydi, faqat ensiz qirgʻoq oldi zonasida yuqori namlik kuzatiladi.

Togʻ oldi hududlarda yogʻingarchilik miqdori koʻpayadi. Togʻ tizmalari bagʻrlarida, nam havo massalariga ochiq togʻ tizmalarida – 600-800 m va undan koʻp boʻladi. Bahor oylarida togʻlarda qor koʻchkilari boʻlishi mumkin. Eng koʻp jadal yomgʻirlar sel toshqinlarini yuzaga kelishiga sabab boʻladi.

Oxirgi oʻn yillikda iqlimning global isishi kuzatilmoqda, u atmosferaga parnik gazlarni antropogen tashlashlar, shuningdek boshqa iqlimiy faktorlari natijasidadir.

2021-yilda Oʻzbekiston hududi boʻyicha oʻrtacha yillik havo harorati meʼyordan 1,4-2,7° yuqori boʻldi (rasm.1).

123

2020-yilda yillik yogʻingarchilik miqdori Oʻzbekiston hududining koʻp qismida meʼyordan kam (39-80%), Xorazm viloyatida meʼyor atrofida boʻldi (rasm.2).

456