Bu haqda AOKAda YUNICEF, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi va IIV JXD Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Yoʻl-transport hodisalarining asosiy sabablari — tezlikni oshirish (455 ta), yoʻl harakati qoidalariga rioya qilmaslik (110 ta) va zarur infratuzilmaning yoʻqligi (250 ta), jumladan, piyodalar oʻtish joyining yoʻqligi (804 ta) boʻlgan.
“Yoʻl-transport jarohatlari butun dunyo boʻylab bolalar va yoshlar salomatligi borasidagi jiddiy muammo hamda oʻlim, jarohatlar va nogironlikning asosiy sababi boʻlib qolmoqda. Har kuni dunyoda 3000 ga yaqin bolalar va yoshlar yoʻllarda halok boʻladi yoki ogʻir jarohatlar oladi. Bu oʻlimlarning oldini olish mumkin,” — dedi Munir Mamedzade.
“Soʻnggi paytlarda Oʻzbekistonda yoʻl-transport hodisalari sonini kamaytirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Bosh vazir boshchiligida Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasi tuzildi. Barcha hududlarda “Yoʻl harakati intizomi bolalikdan boshlanadi” shiori ostida tadbirlar oʻtkazilmoqda. Ammo shuni unutmasligimiz kerakki, yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash faqat mutasaddi shaxslar va idoralarning, masʼuliyati emas. Bu umumiy vazifamiz”, — dedi Olim Saidov.
Ayrim mamlakatlar tajribasi shuni koʻrsatadiki, oqilona sarmoya evaziga yoʻl-transport hodisalarining toʻliq oldini olish mumkin. Quyidagi chora-tadbirlar yoʻl-transport hodisalarida bolalar oʻlimini sezilarli darajada kamaytirishga koʻmak berishi mumkin:
-
- yoʻl harakatining barcha qatnashchilari, jumladan, oʻsmirlar va yoshlar uchun qonunlar ijrosini taʼminlaydigan milliy qonunchilik va siyosatni mustahkamlash;
- infratuzilma va avariyadan keyingi xizmatlar;
- maktab hududini yaxshilash dasturlari va maktab hududida yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar tizimini ishlab chiqish;
- yangi haydovchilarga haydovchilik guvohnomalarini berishning ishonchli tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
- maktab oʻquvchilari uchun yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- aholi xabardorligini oshirish boʻyicha samarali tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
- fuqarolik jamiyati tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash.
YUNICEF yoʻl harakati xavfsizligini koʻrib chiqishda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi va Ichki ishlar vazirligini qoʻllab-quvvatlaydi. Uning natijalari yoʻllarda bolalar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan yangi siyosatni ishlab chiqishda asos boʻladi.