Uchrashuvda ichki turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda sohani rivojlantirish, xususan, 2023-yilda ichki turizm sohasida oldinga qoʻyilgan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish masalasi muhokama qilindi.
Maʼlumot uchun, yurtimizda turizm sohasiga berilgan imkoniyatlar, jumladan, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida qabul qilingan Qonun, qonun osti hujjatlar, farmon hamda qarorlar natijasida ichki turizm rivojlanmoqda.
Uchrashuv doirasida maʼlum qilinishicha, 2022-yil davomida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” dasturi doirasida 11 435 000 ta (2021-yilga nisbatan 1,9 barobar koʻp) ichki sayohatlar amalga oshirilgan.
Jumladan, 700,1 mingta mehnat jamoalari sayohatlari, 37,9 mingta ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlar sayohatlari, 1,4 mingta notinch oilalar sayohatlari, 588,3 mingta yoshlar hamda nuroniylar sayohatlari hamda 10 mln 107,4 mingta mahalliy aholi sayohatlari tashkil qilindi.
Taʼkidlash kerakki, uchrashuvda turizm turlarini rivojlantirish, ayniqsa, ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish turizmning oldida turgan dolzarb vazifalardan biri boʻlib qolayotganligi alohida taʼkidlandi.