Oʻzbekistonda 2022-yilda 16,2 trln soʻm naqd pul muomalaga chiqarildi

    Moliya 27 Yanvar 2023 1681

    Oʻzbekistonda 2022-yil davomida bank kassalariga naqd pul tushumlari 343,9 trln soʻmni, chiqim qilingan naqd pullar esa 356,4 trln soʻmni tashkil etdi.

    2022-yilda banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 700,3 trln. soʻmni tashkil etgani holda, 2021-yilning mos davriga nisbatan 38,1 foizga oshdi.

    Jumladan, bank kassalariga naqd pul tushumlari 343,9 trln. soʻmni, oʻz navbatida, chiqim qilingan naqd pullar 356,4 trln. soʻmni tashkil etdi.

    1-rasm: Naqd pul tushumlari hajmi va tarkibi dinamikasi

    trln.soʻmda

    1.jpg

    2022-yilda bank kassalariga jami naqd pul tushumlari 2021-yilga nisbatan 36,6 foizga oshgan boʻlsa, savdo va xizmatlar sohasidan tushumlar 28,5 foizga (36,1 trln.soʻm) va bank xizmatlaridan naqd pul tushumlari 60,4 foizga (43,3 trln.soʻm) oshdi. Jami tushumlar tarkibida savdo va xizmatlar sohasidan tushumlar ulushi 3,0 foiz bandga kamayishi kuzatildi.

    2022-yilda savdo va xizmatlar sohasidan jami tushumlar 259,0 trln. soʻmni tashkil qilib, shundan, 62,8 foizi (162,7 trln.soʻm) naqd shaklda, 37,2 foizi (96,3 trln.soʻm) terminallar orqali bank hisobraqamlariga kirim qilindi (2021-yilda 64,6 foizi naqd shaklda, 35,4 foizi terminallar orqali bank hisobraqamlariga kirim qilingan edi).

    2-rasm: Savdo va xizmatlar sohasidan pul tushumlari
    tarkibi va dinamikasi

    trln.soʻmda

    2.jpg

    2022-yilda bank kassalaridan (shu jumladan, bankomatlardan) berilgan naqd pullar 2021-yilga nisbatan 39,5 foizga (100,9 trln.soʻm) koʻpaydi.

    Mazkur holat bank kartalaridan naqd pul yechish miqdorining 54,4 trln. soʻmga (2021-yilga nisbatan oʻsish – 57,2%), banklar tomonidan aholidan naqd chet el valyutasini sotib olish hajmlarining 18,1 trln. soʻmga (oʻsish – 28,3%) oshishi asosiy omil boʻlgan.

    3-rasm: Banklardan naqd puldagi chiqimlar hajmi va ularning
    maqsadlari boʻyicha tarkibiy dinamikasi

    trln.soʻmda

    3.jpg

    Shuningdek, 2022-yilda bank kartalariga kirim qilingan mablagʻlar 2021-yilga nisbatan 1,8 barobarga (253,9 trln.soʻmga) oshib, 553,6 trln. soʻmni tashkil qildi.

    Jumladan, 178,2 trln.soʻmi – pensiya, nafaqa va ish xaqi toʻlovlari, 182,3 trln.soʻmi – kartadan kartaga oʻtkazmalar (shu jumladan, xalqaro pul oʻtkazmalar orqali), 112,5 trln.soʻmi – naqd pulda va omonat hisobvaraqlardan bank kartalariga kirim qilingan mablagʻlar hissasiga toʻgʻri kelgan.

    Ushbu davrda bank kartalaridagi 149,5 trln. soʻmlik mablagʻlar aholi tomonidan naqdlashtirib olingan boʻlib, bu kartalarga kelib tushgan mablagʻlarning 27,0 foizini tashkil etdi.

    4-rasm: Bank kartalariga kelib tushgan mablagʻlar va ularni
    naqdlashtirish hajmlari dinamikasi

    trln.soʻmda

    4.jpg

    Banklarga tushgan naqd pullarning ularga boʻlgan talab oʻrtasidagi farq Markaziy bank tomonidan muomalaga qoʻshimcha naqd pullarni chiqarish orqali taʼminlab borildi.

    Xususan, Markaziy bank tomonidan 2022-yil davomida qoʻshimcha 16,2 trln. soʻm naqd pullar muomalaga chiqarildi. Ushbu naqd pullarning 15,7 trln. soʻmi naqd pulga boʻlgan talab keskin oshgan davr – aprel-iyul oylariga toʻgʻri keladi.

    5-rasm: Muomaladagi naqd pullarning pul massasidagi ulushi dinamikasi

    5.jpg

    Muomaladagi naqd pullarning nominal qiymati boʻyicha
    tarkibi toʻgʻrisida

    Muomaladagi naqd pullar tarkibida asosan yirik nominaldagi banknotlar salmogʻining oshishi hisobiga banknotlar umumiy soni kamaydi.

    Jumladan, 2022-yil davomida muomalaga chiqarilgan naqd pullar tarkibida ularning soʻmdagi miqdori boʻyicha 100 000 soʻmlik banknotlar ulushi – 34,8 foizdan 41,6 foizga, 20 000 soʻmlikning ulushi – 2,1 foizdan 2,3 foizga yetgan boʻlsa, 50 000 soʻmlikning ulushi – 34,2 foizdan 27,5 foizga, 10 000 soʻmlik ulushi – 14,5 foizdan 9,4 foizga, 5 000 soʻmlik – 12,7 foizdan 6,5 foizga, 1 000 soʻmgacha – 1,4 foizdan 0,9 foizga tushdi.

    Maʼlumki, 2022-yil iyul oyida nominal qiymati 200 000 soʻmlik banknot muomalaga chiqarildi va yil yakuniga kelib ularning naqd pullar tarkibidagi salmogʻi 11,6 foizni tashkil qildi.

    6-rasm: Muomalaga chiqarilgan banknotlarning
    nominal qiymatlari boʻyicha ulushi

    2022-yil 1-yanvar holatiga

    2023-yil 1-yanvar holatiga

    6.jpg

    Yirik nominaldagi banknotlar hajmining koʻpayishi natijasida, muomalaga chiqarilgan banknotlar soni 20,9 mln. donaga kamaydi.

    Muomalada banknotlar sonining kamayishi aholi uchun naqd puldagi toʻlovlarda qulayliklar yaratishga, banklar uchun esa naqd pullar bilan ishlashni, jumladan ularni sanash, saralash va oʻrab-bogʻlash jarayonlarini yengillashtirishga xizmat qiladi.

    Shu bilan birga, chakana savdo va aholiga pullik xizmatlar sohasidagi hisob-kitoblarda qaytim pullari (mayda pullar) sifatida foydalanish uchun 2022-yil davomida qoʻshimcha 24,5 mlrd. soʻmlik yangi tangalar muomalaga chiqarilib, ularning jami muomaladagi naqd pullar tarkibidagi miqdoriy salmogʻi 0,05 foizni tashkil etmoqda.

    Mazkur yoʻnalishdagi ishlarning davomi sifatida 2022-yil 26-dekabrdan 1000 soʻmlik tanga koʻrinishidagi pul belgilari muomalaga chiqarildi.

    Oʻzbekistonda 2022-yil davomida bank kassalariga naqd pul tushumlari 343,9 trln soʻmni, chiqim qilingan naqd pullar esa 356,4 trln soʻmni tashkil etdi.