Oʻzbekistonda mart oyi haroratning keskin oʻzgarib turishi, bunda havoni tez surʼatlarda isish davrlari keskin sovuq davrlar bilan almashinishi, baʼzida qisqa muddatga yomgʻir qorga aylanishi va kechasi harorat sovuq darajasigacha pasayishi bilan tavsiflanadi.
Soʻnggi 50 yil ichida 1972-yil mart oyi eng sovuq boʻlgan, hatto mart oyining uchinchi oʻn kunligida ham harorat kechalari 10-15o sovuqgacha pasaygan .
Soʻnggi yillar Oʻzbekistonda mart oyida asosan iliq ob-havo kuzatilmoqda. 2008, 2016, 2018-yillarning mart oylari barcha kuzatuv yillari uchun eng iliq uchlikka kirdi. Eng issiq kunlarda harorat 30-32o iliqgacha, janubda baʼzi joylarda 35-37o iliqgacha koʻtarildi.
Oʻzbekistonda mart oyi – yogʻingarchilik miqdori va yogʻingarchilik kuzatilgan kunlar soni boʻyicha yil davomida eng yogʻingarchilik koʻp boʻladigan oy deb hisoblanadi. Shimoliy hududlarni va choʻl zonasini hisobga olmaganda, mart oyida oʻrtacha 10 kundan 15 kungacha yogʻinli kunlar kuzatiladi.
Oʻtgan 2022-yil mart oyi yogʻgan yogʻingarchilik miqdori boʻyicha chempion boʻldi. Mamlakatimizning shimoli va janubidan tashqari, hududning katta qismida yogʻingarchilik meʼyordan 2-3-marta, baʼzi joylarda 3,5-4,5-marta koʻp boʻldi.
Markaziy va sharqiy viloyatlarning ayrim joylarida oʻtgan yilning mart oyidagi yogʻingarchilik meteorologik kuzatuvlarning barcha qatori uchun rekord boʻldi. Shunday qilib, Toshkentda bir oy ichida 188 mm yogʻingarchilik boʻldi. Bu deyarli uch oylik meʼyorni tashkil etadi. Bu Toshkentda meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun oylik yogʻingarchilik miqdori rekordidir.
Shuningdek yomgʻir davomiyligi ham anomal boʻldi. Yomgʻir 5-martdan 18-martgacha boʻlgan davrda deyarli har kuni yogʻdi, soʻng ular biroz tanaffus bilan kuzatildi.
Baʼzida mart oyida yogʻingarchilik beqaror qor qoplamining shakllanishi bilan qor koʻrinishida ham yogʻadi. Soʻnggi 25 yil ichida 1998-yil mart oyida eng koʻp qor yogʻgan, bunda Toshkent shahrida qor qoplami 9 kun davomida kuzatilgan, uning maksimal balandligi 22 sm ni tashkil etdi.
Bu yil mart oyi juda iliq ob-havo bilan boshlanadi.
Mart oyining birinchi oʻn kunligida havo harorati kunduz kunlari 17-22o iliqgacha, ayrim kunlarda 24-27o iliqgacha, janubda va choʻl hududlarda 29o iliqgacha koʻtariladi.
5-6-mart kunlari va oʻn kunlik oxirida respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Yomgʻir paytida kunduzgi havo harorati biroz pasayadi, bunday holatga qaramay, mart oyining birinchi oʻn kunligi meʼyordan nisbatan iliqroq boʻladi.
Mart oyining ikkinchi va uchinchi oʻn yilliklarida harorat kechalari 7-12o iliqdan 0-5o iliqgacha (baʼzi joylarda 2o sovuqgacha boʻlishi mumkin), kunduz kunlari 20-25o iliqdan 10-15o iliqgacha oʻzgarib turishi kutiladi.
Ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarning ayrim kunlarida (har bir oʻn kunlikda 1-3 kundan) asosan yomgʻir koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻlishi mumkin, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.