Oʻzbekistonda 2025-yilning dastlabki uch oyida YTH sodir etishi oqibatida 891 nafar shaxs sudlandi

    Sudlanganlarning 173 nafari ozodlikdan mahrum qilindi.

    Oʻzbekistonda 2025-yilning dastlabki uch oyida YTH sodir etishi oqibatida 891 nafar shaxs sudlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati maʼlum qildi.

    Qayd etilshicha, Sudlanganlarning 173 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 718 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlandi.

    2024-yil davomida Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan 3 321 nafar shaxs sudlanib, ularning 917 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 2 404 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlangan.