Hujjat bilan «alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga sotish va ushbu shaxslar tomonidan realizasiya qilinishi, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish jarayoniga ushbu shaxslarni jalb etish taqiqlanmoqda». Ushbu yosh chegarasi amaldagi qonunda 20 yosh etib belgilangan.

Senatning 27-yalpi majlisida senatorlar tomonidan rad etilgan ushbu qonun navbatdagi yalpi majlisda ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.