Oʻzbekistonda 238 mingdan ziyod YATT faoliyat yuritmoqda

    Joriy yilning 1-may holatiga koʻra, respublikamizda 238 343 ta yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda.

    Soliq qoʻmitasi xabariga qaraganda, bu borada oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5,4 foiz oʻsishga erishilgan. Yaʼni YATTlar soni 12,3 mingtaga koʻpaygan.

    Oʻsish koʻrsatkichi sohalar kesimida:

    -hunarmandchilik – 15,2% (3,3 ming);

    -chakana savdo – 6,4% (7 ming );

    -maishiy xizmat koʻrsatish – 0,8% (0,2 ming);

    -boshqa faoliyat turlari – 2,4% (1,7 ming )tani tashkil etmoqda.