Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 1268,2 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 4,3 % ga teng.

Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 28271,8 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 95,7 % ga teng.

Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 6938,6 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 17736,7 mlrd. soʻmni tashkil qilgan.