Bu haqda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Axborot xizmati rahbari Sabina Sadinova maʼlum qildi.
Shuningdek, 10-iyul holatiga dala chetlari, kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofida 39 ming gektar maydonga qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlari ekildi.
Tahlillarga koʻra, 3-4-yildan soʻng dala chetlari, kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlardagi mevali daraxtlardan yiliga oʻrtacha eksportbop 280 ming tonna hosil olinib, quritilgan va muzlatilgan holda 70 ming tonna mahsulot eksportini amalga oshirish mumkin.
Shuningdek, 40 ming dan ortiq fermer va dehqon xoʻjaligi hamda salkam 32 ming nafar aholi tomorqa egalari ishtirokida 3, 5 mingdan ortiq seminar-treninglar oʻtkazilib, qaror mazmun-mohiyati, mahsulot yetishtiruvchilar kooperatsiyalarini shakllantirish, Yevropa davlatlariga quritilgan shaftoli, olma, oʻrik va boshqa danakli mevalar eksportida Armaniston tajribasi oʻrgatildi.
Karantin agentligining 2 291 nafar xodimi 8 498 ta mahallada hamda 866 ta tadbirkorlik subyekti yetishtirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qilish uchun biriktirildi.








