Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 1503,9 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 4,0 % ga teng.

Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 35764,8 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 96,0 % ga teng.

Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 8611,7 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 22420,8 mlrd. soʻmni tashkil qilgan.