"...Xalqaro ekspertlarning fikricha, elektromobillar, elektrotexnika va qayta tiklanuvchi energiya sohalarining rivojlanishi evaziga 2030-yilga borib dunyoda misga boʻlgan talab 40 foizga oshishi kutilmoqda.

Oʻzbekistonda esa bu bozorni egallash boʻyicha juda katta imkoniyat bor. Oxirgi yillarda geologik qidiruvlarga ajratilgan mablagʻlar natijasida yurtimizda yangi-yangi konlar topilmoqda. Xususan, bugungi kunda 40 million tonnadan ortiq mis zaxirasi aniqlangan.

Eng asosiysi, davlatimiz rahbari endi misni quruq xomashyo shaklida emas, balki uni qayta ishlab, qoʻshilgan qiymatli mahsulot sifatida sotish talabini qoʻymoqda.

Bugungi kunda misning qariyb 60 foizi xomashyo sifatida eksport qilinmoqda. Misdan keladigan daromad 2,5 milliard dollarni tashkil etayotir. Kelgusi 5 yilda mis ishlab chiqarish hajmini 400 ming tonnagacha yetkazish orqali bu koʻrsatkichni, turdosh tarmoqlar bilan birga, 7-8 milliard dollarga yetkazish mumkin."

Shuningdek, Prezident qaroriga muvofiq, Mis sanoati klasteri tashkil etiladi.Geologiya-qidiruv ishlari ham davom ettiriladi. Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga koʻra, rangli va noyob metallarni qidiruv ishlarini kengaytirish boʻyicha 5 yillik dastur ishlab chiqiladi.