Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, muhokamalarga sabab boʼlayotgan 400 ming soʼmlik kupyura haqidagi xabarlar haqiqatga toʼgʼri kelmaydi. Ushbu suratda 100 ming soʼmlik kupyura dizaynini koʼrish mumkin. Markaziy bank axborot xizmati rahbari agar yangi banknota chiqarilsa, rasmiy eʼlon qilinishini taʼkidladi.
Ma'lumot o‘rnida: 2021-yilda Oʼzbekistonda muomalada boʼlgan 7 ta banknotadan 6 tasi yangilangan. Xususan, 2021-yilning 27-dekabridan 50 000 va 100 000 soʼmlik, 14-iyunidan 2000 va 20 000 soʼmlik, 26-avgustidan 5 ming va 10 ming soʼmlik banknotalar yangi koʼrinishda muomalaga chiqarildi.