Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda jami 48,6 trillion soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.
2020-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 100,1 foizni tashkil etdi.
Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 1971,1 milliard soʻmlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 4,1 foizga teng.
Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 46638,8 milliard soʻmlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 95,9 foizga teng.
Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 12114,5 milliard soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.
Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 27545, 9 milliard soʻmni tashkil qilgan.