Oʻzbekistonda 5 400 000 dozalik vaksina zaxirasi shakllantirildi

    Salomatlik 10 Iyun 2021 842

    Bugun yurtimizga yana 1 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi.

    Bu ushbu vaksinaning yurtimizga keltirilgan 5-partiyasi boʻlib, bundan avval ZF-UZ-VAC2001ning:

    27-martda — 1 million doza,
    27-aprelda — 1 million doza,
    18-mayda — 1 million doza,
    19-mayda — 500 ming doza partiyalari keltirilgan.

    Shuningdek, mamlakatimizga

    660 ming doza AstraZeneca,
    240 ming doza “Sputnik V” vaksinasi qoʻllanilib kelinmoqda.

    Shunday qilib, Oʻzbekistonning vaksina zaxirasi 5,4 million dozaga yetmoqda. Ayni paytga qadar shundan 2,4 million dozadan ortigʻi vaksinatsiya jarayonlarida qoʻllanildi, deya xabar qiladi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.