Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-oktyabr holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35,1 million kishini tashkil etmoqda.
Yil boshidan buyon doimiy aholining oʻsish surʼati 1,5 foizga oshgan.
Mamlakatimiz aholisi yil boshidan buyon har oyda oʻrtacha 57 811 kishiga koʻpaygan.
2021-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 1,9 ming kishiga oshgan.
Oʻzbekistonda yil boshidan 670,7 ming tugʻilish qayd etilgan.