Bunda sotuvlarning 87,4% - birja savdolari, 2,6% - koʻrgazma-yarmarka savdolari, 9,5% - elektron davlat xaridlari va 0,6% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga toʻgʻri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 432,5 mlrd soʻmni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida oʻtkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining 22,7 mlrd soʻmlik mablagʻlari tejaldi.

Sement

Qurilish mavsumi yakunlanganligiga qaramasdan sement bozori narxlarni biroz oʻsishni namoyon etishni davom ettirmoqda. Hafta davomida birja savdolariga 152 456,0 tonna sement qoʻyildi va ulardan 141 923,0 tonnasi, yaʼni 93,1% sotildi.

Shu bilan birga, birja savdolariga qoʻyilayotgan sement hajmini pasayganligi sababli, uning oʻrtacha kunlik sotuv hajmlari ham avvalgi haftaga nisbatan deyarli 1,5 marotaba pasayib, 28,4 ming tonnani tashkil qildi.

Natijada, koʻrib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 512,0 ming soʻmdan 539,1 ming soʻmgacha, yaʼni 5,3% ga koʻtarilgan.

Benzin

Oʻtgan haftada birja savdolariga 24 338,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qoʻyildi va ulardan 20 273,3 tonnasi, yaʼni 83,3% sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 52 xaridor ishtirok etdi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning oʻrtacha boshlangʻich narxlari bir tonnasi uchun 5 294,0 ming soʻmdan 5 490,3 ming soʻmgacha yoki 3,7 % ga oʻsdi. Shu munosabat bilan, AI-80 markali avtomobil benzinning oʻrtacha kunlik narxi ham bir tonna uchun 5 325,1 ming soʻmdan 5 557,1 ming soʻmgacha yoki 4,4% ga koʻtarildi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning oʻrtacha haftalik kotirovkasi 5 476,8 ming soʻmni, AI-91 – 6 203,9 ming soʻmni tashkil etdi.

Eslatib oʻtamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi oʻrtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.