Eslatib oʻtamiz, Jahon bankining bu borada hukumat soʻrovi bilan tayyorlangan hisobotida 2025-yildan boshlab pensiya yoshini bosqichma-bosqich 65 yoshgacha oshirishni nazarda tutuvchi 2021-2030-yillarga moʻljallangan milliy ijtimoiy himoya strategiyasi doirasida qaror qabul qilish eng yaxshi variant boʻlishi tavsiya etilgan edi.
“Kelgusida bu demografik oʻzgarishlar bosimini kamaytirib, mehnatga layoqatli va pensiya yoshi oʻrtasidagi chegarani asta-sekin oʻzgartiradi. Ishchi kuchining demografik oʻsish salohiyati tugagunga qadar (2040-yillarning oʻrtalarida) buni amalga oshirish uchun mamlakatda vaqt boʻlishi juda muhim, chunki bu milliy raqobatbardoshlik masalasidir», deya tafsiya qilgan edi Jahon banki.
Bu taklif qabul qilinadimi? Tizim masʼullaridan shu xususda izoh olishga urindik.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi bu borada ayni paytda biror bir taklif yoki loyiha koʻrib chiqilmayotganligi hamda bu masala kun tartibida mavjud emasligini bildirdi.
Demak, bu taklif hech bir kuchga ega emas va xavotirga oʻrin yoʻq, deyiladi Pensiya jamgʻarmasi tomonidan bu xususda bizga taqdim etilgan axborotda.