Yangilik Vazirlar Mahkamasining avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlashga doir qarori loyihasida nazarda tutilgan, deb xabar qilmoqda UzA.
Loyihaga ko'ra, ayollarni avtotransport sohasi bilan bog'liq kasblarda mehnat faoliyatini olib borishda teng sharoitlar yaratish maqsadida ularga 14 o'rindiqdan ortiq bo'lgan avtobuslarni boshqarish bo'yicha amaldagi taqiq bekor qilinishi mumkin.
Xo'sh, amalda qanday edi?
Amaldagi tartibga ko'ra, ayollarni “BC” va “D” toifalariga tayyorlashni tashkil qilishda yuk avtomobillarining yuk ko'tarishi 2,5 tonnadan va avtobuslarning yo'lovchilar tashish uchun ruxsat etilgan soni 14 kishidan oshmasligi kerak. Ya'ni, mazkur normalarga muvofiq ayollar faqatgina yo'lovchilarning soni 14 kishidan oshmaydigan avtobusni haydovchi sifatida boshqarishi mumkin.