Paxta matolariga maxsus himoya xususiyatlarini berish texnologiyasini qoʻllash orqali ishlab chiqarilgan kombinezonlar patogen bakteriya va viruslarni yuqtirish xavfining oldini oladi.
Loyiha tashabbuskori “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi “Cotton Road” qoʻshma korxonasi boʻlib, hozirgi vaqtda Germaniyaning “SHT GmbH” va Shveysariyaning “CHT Switzerland AG” kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomaga binoan korxona Yevropaning soʻnggi “HeiQ Viroblock” innovatsion ishlanmasini oʻzlashtirdi.
Bu kumush ionlarining mikroqismlari bilan singdirilgan maxsus vezikulyar tarkibiy qismlarga ega antivirus va antibakteriyal texnologiya orqali paxta matosidan himoya kostyumlar ishlash tizimidir.