"O'zbekneftegaz" rahbari Mehriddin Abdullaevning “S&P Global” ga ma'lum qilishicha, mart oyining oxiri va aprel oyi davomida Toshkentda benzinga talab 70-80 foizga, respublikaning boshqa mintaqalarida esa o'rtacha 60-65 foizga pasaygani kuzatildi. SHuningdek, may oyida AI-80 benzinining narxi ham sezilarli darajada pasaydi.
Davlatimiz rahbarining "Neft va gaz sanoatining moliyaviy barqarorligini oshirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoyishiga muvofiq, neftni qayta ishlash zavodlari ularni endilikda birja savdolari orqali sotmoqda.