Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.
Agentlikning tahliliga koʻra, tirik tugʻilganlar soni shaharlarda 212,3 ming kishini, qishloqlarda 207,6 ming kishini tashkil etgan.
Yarim yil davomida eng koʻp tugʻilishlar may oyida yuz bergan boʻlib, bir oy ichida 38 026 nafar oʻgʻil bola, 34 865 nafar qizlar dunyoga kelgan.
Yanvar–iyun oylarida jami chaqaloqlarning 97,7 foizi 1 nafar, 2,2 foizi 2 nafar tugʻilgan.
Olti oy davomida tugʻilgan chaqaloqlardan 9,9 foizining otasi 25 yoshgacha, 82,9 foiziniki 25–39 yoshlarga hamda 7,2 foizining otalari 40 yosh va undan katta yoshdagilar hissasiga toʻgʻri kelgan. Tugʻilgan bolalardan 37,4 foizining onasi 25 yoshgacha, 61,3 foiziniki 25–39 yoshlar,1,3 foiziniki 40 yosh va undan katta yoshdagilardan iborat boʻlgan.
Yarim yil davomida tugʻilganlar sonining eng koʻp ulushi Samarqand viloyatida qayd etildi —50 360 nafar (jami tugʻilganlarning 12 foizi). Shu bilan birga, Fargʻona (47 004 bola), Qashqadaryo (43 909), Andijon (38 482) va Surxondaryo (37 663 ) viloyatlarida tugʻilishlar soni nisbatan yuqori boʻldi.
Tugʻilganlar sonining eng kam ulushi Sirdaryo viloyatida kuzatildi — 10 414 nafar (jami tugʻilganlarning 2,5 foizi). Oʻz navbatida Navoiy (12 365), Jizzax (18 619), Xorazm (18 708) viloyatlari hamda Qoraqalpogʻistonda (18 969) tugʻilishlar boshqa hududlarga qaraganda sezilarli kam.
Respublikada oʻtgan yillarning yanvar–iyun oylarida tugʻilgan chaqaloqlar soni quyidagicha boʻlgan:
2015-yil — 311,7 ming nafar;
2016-yil — 317,9 ming nafar;
2017-yil — 311,8 min nafar;
2018-yil — 324,3 ming nafar;
2019-yil — 347,3 ming nafar;
2020-yil — 365,6 ming nafar;
2021-yil — 390,7 ming nafar;
2022-yil — 413,6 ming nafar.