Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati hissasiga to‘g‘ri kelgan — 690,7 trln so‘m yoki 86,8 %.

Seksiyalar bo‘yicha sanoat ishlab chiqarishi hajmi:

— ishlab chiqarish sanoati — 690,7 trln so‘m (86,8 %);

— tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash — 50,2 trln so‘m (6,3 %);

— elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash — 50,4 trln so‘m (6,4 %);

— suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish — 4,1 trln so‘m (0,5 %).