Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning toʻrt oyi davomida qiymati 5,1 million AQSH dollariga teng boʻlgan 4,2 ming tonna bodiring eksport qilgan.

Bodiring eksporti oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 2,2 million AQSH dollariga oshgan.

Oʻzbekiston 2021-yilning aprel oyida qiymati 1,9 million AQSH dollariga teng boʻlgan 1,5 ming tonna bodiring eksport qilgan. 

2021-yilning toʻrt oyi davomida Oʻzbekiston bodiring eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 2,0 ming tonna;

Qirgʻiz R. – 1,5 ming tonna;

Rossiya – 682,9 tonna;

Tojikiston – 23,5 tonna;

BAA – 0,4 tonna;

Germaniya – 0,3 tonna.