Oʻzbekistonda bolalar qashshoqligi 4-yilda ikki baravar qisqardi — UNICEF

    2021–2024-yillarda Oʻzbekistonda bolalar kambagʻalligi 21,5 foizdan 11,4 foizga tushgan. Bu – toʻrt yil ichida 10 foizlik kamayishdir.

    Bu haqda Namanganda boʻlib oʻtgan xalqaro forumda UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina Castijio maʼlum qildi.

    U oʻz maʼruzasida ayniqsa, ijtimoiy nafaqalar, bolalar uchun moddiy yordam va pensiyalar kambagʻallikni kamaytirishda muhim omil boʻlganini taʼkidlab oʻtdi. Agar ushbu yordamlar boʻlmaganida, bolalar kambagʻalligi darajasi keskin oʻsishi mumkin edi.

    Shuningdek, inson kapitali rivoji uchun davlat kafolatlagan universal xizmatlar – taʼlim, sogʻliqni saqlash va bolalarni himoya qilish muhim poydevor hisoblanadi.

    Castijio xonimning taʼkidlashicha, bolalar kambagʻalligini qisqartirish ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning markazida turishi zarur. UNICEF Oʻzbekiston hukumatini koʻp tarmoqli yondashuv asosida qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.